Glassdoor tadqiqoti: xodimlar rahbaridan aynan nimani kutishadi

Ish qidirish va yollash platformasi Glassdoor'ning yangi tahliliga ko'ra, xodimlar o'z kompaniyasi rahbariyatida eng ko'p qadrlaydigan fazilatlar qatoriga karyera rivoji va nastavnichlik (mentorlik) kiradi. Tahlil 2025-yil may oyidan 2026-yil maygacha to'plangan, Glassdoor'ning "2026-yilning eng yaxshi bosh direktorlari" mukofoti g'oliblariga oid 150 mingdan ortiq sharhga asoslangan.
G'olib bo'lgan bosh direktorlar haqidagi ijobiy sharhlarda "harakatchanlik" (mobility) so'zi g'olib bo'lmagan rahbarlarga nisbatan 253 foiz ko'proq, "o'sish imkoniyatlari" 159 foiz ko'proq, "karyera o'sishi" esa 111 foiz ko'proq tilga olingan. "Nastavnichlik", "korporativ madaniyat" va "ish-hayot muvozanati" ham eng yuqori baholangan rahbarlar sharhlarida ko'p uchraydigan kalit so'zlar bo'lgan.
G'olib bo'lmagan rahbarlar haqidagi sharhlarda esa kommunikatsiya (76 foiz ko'proq) va shaffoflik (109 foiz ko'proq) kamchilik sifatida ko'proq tilga olinadi. "Strategiya", "yo'nalish" va "muvofiqlashtirish" so'zlari ham zaif tomon sifatida qayd etiladi — bu xodimlarning rahbariyat strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatiga ishonchsizligini ko'rsatadi.
Tahlil shuningdek qiziq bir jihatni aniqladi: g'olib bo'lmagan rahbarlar sharhlarda ismlari bilan ancha ko'proq tilga olinadi, g'oliblar esa deyarli tilga olinmaydi. Glassdoor bosh iqtisodchisi Daniel Zhao izohlaganidek, buning sababi oddiy: agar rahbar yaxshi ishlayotgan bo'lsa, u xodimlar ongida alohida o'rin egallamaydi; agar xodimlar rahbar haqida ko'proq gapirsa, demak u nimadir noto'g'ri qilgan bo'lishi mumkin. "Boshqacha aytganda, eng yaxshi bosh direktor bo'lish uchun shunchaki 'ishni buzmaslik' kifoya", deb yozadi u.
Reyting boshida Nvidia bosh direktori Jensen Huang turibdi — uning xodimlar tomonidan ma'qullash reytingi 99 foizni tashkil etadi. Undan keyin Quick Quack Car Wash bosh direktori Jason Johnson (92 foiz) va tibbiy texnologiyalar kompaniyasi Stryker rahbari Kevin A. Lobo joylashgan. Eng yaxshi ayol rahbarlar qatoriga esa In-N-Out'dan Lynsi Snyder, Progressive Insurance'dan Tricia Griffith va Fidelity Investments'dan Abby Johnson kiradi.
Tahlil shuni ko'rsatadiki, yaxshi rahbarlik tez-tayyor ovqat, tibbiy asbob-uskuna, mehmonxona yoki bank kabi mutlaqo turli sohalarda uchrashi mumkin — buning asosiy sharti xodimlarga karyera imkoniyati, halol muloqot va ishonchli muhit taqdim etishdir.
O'xshash maqolalar

Kompaniya o'sgani sari nega mijozlar uni "tanimay qo'yadi"?
Kompaniya kichik jamoadan yuzlab xodimga o'sar ekan, boshida barcha qarorlarni birlashtirib turgan yagona mantiq asta-sekin yo'qoladi. Bu nomuvofiqlik mijozlarga qo'shimcha kuch, ziddiyatli signal va yo'qotilgan daromad sifatida qaytadi.

AQShning yirik kompaniyalarida moliya direktorlari rekord tezlikda almashmoqda
Crist Kolder Associates hisobotiga ko'ra, 2026-yilda Fortune 500 va S&P 500 kompaniyalarida moliya direktorlari (CFO) almashinuvi 18,3 foizga yetishi kutilmoqda — bu pandemiyadan beri eng yuqori ko'rsatkich.

Sun'iy intellekt rahbarlarning mustaqil mulohaza qobiliyatini zaiflashtirmoqda
Garvard tadqiqotchilari 228 nafar baholovchi ishtirokida o'tkazgan tajriba sun'iy intellekt rahbarlarning mustaqil mulohaza qobiliyatiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatdi.